O'zbekiston · 2 qo'l kitoblar bozori
2 qo'l kitoblar arzon narxda.
O'zbekistondagi 2 qo'l kitoblar bozori. Kitobingizni soting, sovg'a qiling, almashtiring yoki qarzga bering. Kerakli kitobni arzon narxda toping.
Qanday ishlaydi
To'rt oddiy qadam
Ro'yxatdan o'ting
Telegram botga kiring va /kod buyrug'ini yozing. Kelgan kodni readly.uz saytiga kiriting — shu bilan tayyor.
Kitob joylang yoki qidiring
O'qib bo'lgan kitobingizni e'lon qiling — sovg'a, almashtirish, qarz yoki sotuv sifatida. Yoki kerakli kitobni e'lonlardan qidiring.
So'rov yuboring
Yoqqan e'longa qisqa xabar bilan so'rov yuborasiz. Egasi ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Kitob qo'lga tegadi
Xabar orqali yetkazib berish joyini kelishasiz. Ikkalangiz tasdiqlaysiz — ball va reyting olinadi.
E'lon turlari
To'rt xil usulda bering
Kitobni bepul berasiz. Eng ko'p ball beradi va insonga eng katta yordam.
Kitobingizni boshqasining kitobiga almashtirasiz. Ikkalangiz ham yangi kitob olasiz.
Kitobni ma'lum muddatga qarzga berasiz. Belgilangan vaqtda qaytariladi.
Kitobni pul evaziga sotasiz. Narxni o'zingiz belgilaysiz, to'lov ikki kishi o'rtasida.
Nima uchun Readly
Kitob almashish yanada qulay
Ball tizimi — NUQTA
Har bergan kitobingiz uchun NUQTA olasiz. Sovg'a — 15, almashtirish — 10, qarz — 7, sotuv — 5. NUQTA yig'ib, oylik reytingda ko'rinasiz.
Ishonch reytingi
Har almashinuvdan so'ng baholaysiz. Yuqori reyting tezroq tasdiqlanishni va ko'proq ishonchni anglatadi.
Kitob tarixi
Har bir kitobga noyob Platform ID beriladi. Kitob necha qo'lda bo'lgani, qaysi shaharlarda aylangani ko'rinadi.
Xavfsiz jarayon
Yangi foydalanuvchilar moderator orqali tekshiriladi. Har bir almashinuv ikki tomon tomonidan tasdiqlanadi.
To'g'ridan-to'g'ri muloqot
Egasi bilan to'g'ridan-to'g'ri xabar orqali gaplashasiz. Vositachi yo'q, ortiqcha to'lov yo'q.
Butunlay bepul
Readly to'liq bepul platforma. Faqat sotuv e'lonlarida to'lov ikki kishi o'rtasida amalga oshiriladi.
SaadahBooks
SaadahBooks — Readly ning rasmiy hamkor kitob do'koni. Kitoblaringizni xayriya qilmoqchi bo'lsangiz, biz yordam beramiz. SaadahBooks kitoblari katalogda alohida belgilanadi.
Ko'p so'raladigan savollar
Savollaringiz bormi?
Readly nima?
Readly — o'qib bo'lgan kitoblarni boshqalarga berish yoki almashtirish uchun O'zbekistondagi platforma. Kitob joylaysiz, xohlagan odam so'rov yuboradi, ikkalangiz kelishasiz.
NUQTA nima?
NUQTA — Readly ichidagi ball tizimi. Kitob bergansiz yoki almashtirgansiz — NUQTA olasiz. Sovg'a qilish eng ko'p NUQTA beradi (15), almashtirish 10, qarz 7, sotuv 5. NUQTA yig'ib, oylik reytingda ko'rinasiz va keyinchalik do'konda imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin.
Pullik emasmi?
Readly to'liq bepul. Faqat sotuv e'lonlarida to'lov ikki kishi o'rtasida bevosita amalga oshiriladi — Readly pul olmaydi.
Qanday qilib kirish mumkin?
@ReadlyUzBot ga kiring va /kod buyrug'ini yozing. Bot sizga 6 raqamli kod yuboradi. Shu kodni readly.uz/login sahifasiga kiriting — siz tizimga kirasiz. Ro'yxatdan o'tish ham xuddi shunday.
Kitobni qanday usulda berish mumkin?
To'rt xil: sovg'a (bepul), almashtirish (kitobga kitob), qarz (muddatga), yoki sotuv. O'zingiz tanlaganingizni e'lon qilasiz.
Yetkazib berish qanday bo'ladi?
Yetkazib berish usulini ikki kishi o'zaro xabar orqali kelishadi — uchrashuv joyi yoki pochta orqali.
SaadahBooks kim?
SaadahBooks — Readly ning rasmiy hamkor kitob do'koni. Kitoblaringizni xayriya qilmoqchi bo'lsangiz, biz yordam beramiz. SaadahBooks kitoblari katalogda alohida belgilanadi.
Kimga ishonsa bo'ladi?
Har bir foydalanuvchining almashinuv tarixi va bahosi ochiq ko'rinadi. Yangi foydalanuvchilar moderator orqali tekshiriladi. 5+ almashinuv va 4.0+ reyting bilan Ishonchli daraja olinadi.
Birinchi kitobingizni bugun joylang
O'qib bo'lgan kitob javonda turmaydi — kimgadir kerak bo'lishi mumkin.

